Robert Boyle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Robert Boyle (1627.25.1, Lismor, Irlandiya — 1691.31.12, London) — ingliz kimyogari va fizigi. London Qirollik jamiyati taʼsischilaridan biri. Kimyoviy elementning ilmiy taʼrifini bergan, kimyoga eksperimental usulni kiritgan, kimyoviy analizga asos solgan. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Boyl "Kimyoskeptik" kitobida kimyo asl boʻlmagan metallarni oltinga aylantirish, shuningdek dorilar tayyorlash usullarini izlash bilan emas, balki mustaqil fan boʻlishi kerak, deb aytadi. Gaz qonunlaridan biri (Boyl — Mariott qonuni)na yaratgan (1662). Yorugʻlik, elektr, issiqlik, akustik hodisalarni tadqiq qilish bilan ham shugʻullangan. Boyl dunyoqarashi qarama-qarshiliklardan xoli boʻlmagan; falsafada idealizmga moyil boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil