Rixsixon Ibrohimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937.29.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1956 yildan Hamza teatri (hoz. Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri) da. I. lirik-dramatik aktrisa boʻlib, yaratgan obrazlari kuchli dramatizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feru-za, Gavharshodbegim ("Mirzo Ulugʻbek"), Guli ("Alisher Navoiy"), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya ("Hamlet", "Qirol Lir", "Otello"), Ozoda, Gulyuz ("Imon", "Qotil"), Hemnolini ("Gang daryosining qizi"), Nazmi ("Kuyov"), Yorqinoy ("Momo xotin"), Bibisalima ("Mashrab"), Huri aya ("Boshi qotgan oshiqlar") va b. Shuningdek, bir kator videofilmlarda — Fazilat ("Diyonat"), ona ("Dunyoning ishlari", "Alisher Navoiy"); kinoda — Oyxon ("Integral"), Toshbonu ("Shumbola"), Rixsi aya ("Seni izlab"), Xosiyat ("Farish-talar olov ichida"), Boʻston ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), kampir ("Yuzsiz"), Qurbonbibi ("Kecha va kunduz") kabi obrazlarni yaratgan. "Mehnat shuhrati" or-deni bilan mukofotlangan (1997). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil