Rivyera
Rivyera — Oʻrta dengizning Kann shahridan (Fransiya) Spetsiya sh. (Italiya) gacha boʻlgan kambar soxili. Fransiya R.si — Moviy qirgʻox; va Italiya R.siga boʻlinadi. Qishi yumshoq (oʻrtacha temperatura 9—12°), yozi issiq (oʻrtacha temperatura 24°). Yillik yogʻin 500–700 mm. Doim yashil subtropik oʻsimliklar usadi. Tokchilik, gulchilik rivojlangan. R. — Gʻarbiy Yevropaning eng yirik kurort rnlaridan. Mehmonxona, pansionat, kemping, "dam olish qishloqlari" koʻp. Yirik kurortlari: Kann, Antib, Nitssa, Mentona, Monako, MonteKarlo, SanRemo, Imperiya, Rapallo va boshqa [1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |