Ritsarlik akademiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ritsarlik akademiyalari — 1618-asrlarda Germaniyada dvoryanlar farzandlarini harbiy, fuqarolik va saroy xizmatiga tayyorlovchi tabaqalashgan oʻquv yurtlari. Oʻquv rejasiga lotin, fransuz, italyan, koʻpincha ispan tillari, mat., fizika, genealogiya, xuquq, tarix va boshqa fanlar kirgan; qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, saroy axllariga xos mulozamat va muomalaga katta eʼtibor berilgan. Kolberg (1653 y. tashkil etilgan), Lyuneburg (1655), Volfenbyuttel (1687)dagi Ritsarlik akademiyalari mashhur boʻlgan. 19-asrda gimnaziya va kadet korpuslariga aylantirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil