Ritsarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ritsarlar (nem, Ritter, dastlab — chavandoz) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng maʼnoda — barcha oqsuyak mulqdorlar (feodallar), tor maʼnoda — fakat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali oʻz senʼorlariga karam boʻlgan . R. ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qoʻshinda suvoriy xizmatini oʻtaganlar. R.ning jangovaroti, qimmatbaho ogʻir qurollari (qilich, qalqon, sovut) boʻlishi lozim edi, u maxsus ritsarlik taʼlimini olgan, turnirlarda qatnashgan. R. uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart bulgan. Shundan (majoziy maʼnoda) R. — fidokor, olijanob insonlar. 12—14-a.larda R. harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega bulgan. 15—16-a.larda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi bilan ularga ehtiyoj qolmagan. R. dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil