Ritsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ritsa, Katta Ritsa — Kavkazning gʻarbiy qismidagi koʻl. Lashipse daryosi vodiysi (Abxaziya)da, Gagra tizmasidan sharkda, 950 m balandlikda. Maydoni 1,49 km², uz. 2,5 km, eng serbar joyi 1,05 km, oʻrtacha chuq. 63 m, eng chuqur joyi 116 m. Koʻl va atrofining goʻzal tabiati kuplab turistlarni jalb qiladi. R. Qora dengiz sohilidagi kurortlar bilan shosse yoʻl orqali bogʻlangan. Koʻl yoqasida mexmonxona va pansionat bor. R. yaqinida Kichik Ritsa kuli (maydoni 0,2 km²) joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil