Ritorika
Ritorika (yunoncha: rhetorike — notiqlik) — notiqlik sanʼati; keng maʼnoda umuman badiiy nasr haqidagi fan. Mil. av. V—IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, mil. av. III—II asrlarda tizimli fan shaklini olgan. Mil. av. I asrda Rimda tarqalgan. 5 qismdan iborat boʻlgan: materialni topish, joylashtirish, soʻz bilan ifodalash (3 uslub: yuqori, oʻrta, pastki hamda uslub koʻtarinkiligining 3 vositasi: soʻz tanlash, soʻzlarni biriktirish va uslubiy figuralar xaqidagi taʼlimot), yodlash, talaffuz. Qadimgi davrda Aristotel (Sitseron, Kvintilian ijodida) ishlab chiqilgan, oʻrta asrlarda va yangi davrda (Rossiyada Lomonosov ijodida) rivojlantirilib, XIX asrda adabiyot nazariyasiga qoʻshilib ketgan. Keyinchalik "Ritorika" termini dabdabali, quruq safsatani anglatgan (qarang Voizlik sanʼati)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |