Rishelye Arman Jan dyu Plessi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RISHELYE (Richelien) Arman Jan dyu Plessi (du Plessis) (1585.5.9 — Parij — 1642.4.12) — fransuz davlat arbobi, kardinal (1622-yildan). 1624-yildan qirollik kengashi rahbari, amalda Fransiya hokimi. Absolyutizmni mustahkamlash yoʻlida koʻp saʼyharakatlar qilgan. Gugenotlarni siyosiy huquklardan mahrum etgan; maʼmuriy, moliyaviy, harbiy islohotlar oʻtkazgan; feodallarning isyonlari, xalq qoʻzgʻolonlarini bostirgan. Tashqi siyosatda Gabsburglar bilan kurashishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Fransiyani Oʻttiz yillik urush (1618—48)ga tortgan "Siyosiy vasiyatnoma" asarida fransuz absolyutizmi siyosatining asosiy tamoyillarini bayon qilgan. R. fransuz mumtoz adabiyoti va sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Fransiya akademiyasiga asos solgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil