Rish Mark Arnoldovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rish Mark Arnoldovich (1918.15.10, Harkov) — biokimyogar. Oʻzbekistondaxizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), biol. fanlari doktori (1965), professor (1966). OʻzDUning biol. fakultetini tugatgan (1940). SamDUda assistent (1944—1952). Samarqand Oʻqituvchilar institutida katta oʻqituvchi (1952—54). Qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqot instituti biokimyo lab. mudiri (1954—66), SamDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1966—75), kafedra mudiri (1972—93). Ilmiy ishlari mikroelementlar biokimyosi, biogeokimyoviy provinsiyalar, molekulyar genetikaga oid.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil