Rinofima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rinofima (yun. rhinos — burun va phyma — oʻsimta, shish) — burun terisida oʻsimta paydo boʻlishi. Koʻproq burun uchi va qanotlarida yuzaga keladi. Asosan, 40—50 yoshdagi erkaklarda uchraydi. R.ga alkogolizm, surunkali meʼdaichak kasalliklari va tashqi muhitning zararli omillari — chang, tez-tez sovqotish va boshqa sabab boʻladi. Kasallikda burun uchida toʻq qizil yoki koʻkimtirqizgʻish, gʻadirbudur dumaloq oʻsma hosil boʻladi. Bemorni operatsiya qilib davolanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil