Rikketsiozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rikketsiozlar, bakteriyasimon mikroorganizmlar — rikketsiyalar qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli kasalliklar. Hayvonlar, qon soʻruvchi hasharotlar (bit, burga, kana) va odamda uchraydi. R.ga epidemik toshmali terlama, Ku isitmasi, okop isitmasi va boshqa kiradi.

Rikketsiyalar mikrometr ulushlaridan tortib, bir necha mikrometrgacha kattalikda boʻladi. Shakli sharsimon, ipsimon, kalta yoki uzun tayokchasimon boʻlishi mumkin. Rikketsiyalar turli xil hasharotlar (burga, bit va kanalar) organizmida parazitlik qiladi.

R. qon orqali oʻtadigan yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. R.ning qoʻzgʻatuvchilari kasal odam (hayvon) qoni va limfasida muayyan vaqtgacha aylanib yurib, undan qon soʻruvchi hasharotlar (burga, bit) va kanalar orqali sogʻlom kishi qoniga oʻtadi, hasharotlar rikketsiyalarni faqat najasi yoki soʻlak bezlari sekreti orqali ajratadi. Ayrim hollarda, Mas, Ku isitmada R. qoramol suti va siydigi orqali toqadi.

Tabiiy sharoitda R. turli xil yovvoyi sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar)da uchraydi, bulardan (rikketsiyalarning qonda aylanib yurishi davrida) burga va kanalar kasallikni yuqtiradi. Odamga kasallik kana qonni soʻrganida, rikketsiyalar bit, burga, kana najasi orqali zararlangan teriga (Mas, terini qashiganda) yoki chang bilan shilliq pardalarga tushganida yuqadi. R. orasida epidemik toshmali terlama va okop isitmasi antroponoz kasallikdir, bular bilan koʻproq odam kasallanadi. Ularning qoʻzgʻatuvchisi bemor qonidan kasallik tarqatuvchi (bitlar)ga qrn soʻrganida oʻtadi, ulardan esa boshqa kishilarga tarqaladi. Qolgan P. — zoonoz kasalliklardir. Bunda odamga kasallik kasal hayvonlardan rikketsiyalar oʻtgan burga yoki kanalar chaqqanda yuqadi.

Kasallik toʻsatdan boshlanadi, bemor isitmalaydi, boshi va muskullari ogʻriydi va badaniga toshma toshadi. Qon tomirlarning devorlari, shuningdek, markaziy nerv sistemasi zararlanadi.

Bemor kasalxonada davolanadi. R. ning oldini olish uchun qon soʻruvchi hasharotlar (kana, bit, burga) va kemiruvchilarga qarshi kurash olib borish lozim.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil