Rigorizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rigorizm (lot rigor — qatʼiylik, oʻta talabchanlik) — faoliyat, xulqatvor va fikrda muayyan prinsipga qatʼiy amal qilish. U qandaydir kelishuvchilikka, dastlabki prinsipdan farq qiluvchi boshqa prinsiplarni hisobga olishga yoʻl qoʻymaydi. Koʻpincha etik formalizmning oʻziga xos ifodasi hisoblanadi.

Kantnmnt etik R. i qatʼiy axloqiy qonunni tan oladi va axlo1ush odam har qanday sharoitda bu qonunga rioya etishini talab qiladi. Uningcha, xudo yoki insonni shunchaki sevib, ularga sajda qiladigan odamdan koʻra qonunga astoydil boʻysunuvchilar axloqli odam hisoblanadi. Shshtler Kant R.iga qarshi chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil