Riflar
Qiyofa
Riflar — Shimoliy Marokashning togʻli viloyatidagi barbarlar. 1,25 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Barbar tilida soʻzlashadilar. Ikkinchi til — arab tili. Dindorlari — sunniy musulmonlar. 18-asrning boshlarida R. arablar tomonidan bosib olindi. Ular 17—18-asrlar, ayniqsa, 19-asr va 20-asrning boshlarida fransuz va ispan mustamlakachilari tomonidan asoratga solingan. 1921—26 yillar mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik kurashi olib borib Rif respublikasi tuzishgan. Asosan, dehqonchilik bilan shugʻullanadilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |