Rick and Morty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rick and Morty
Janri
Muallif(lar)
Ovoz berganlar
Bastakor(lar) Ryan Elder
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Inglizcha
Mavsumlar soni 7
Qismlar soni 71 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Qism davomiyligi 22 daqiqa
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Adult Swim
Translyatsiya davri 2-dekabr, 2013-yil(2013-12-02)

Rick and Morty — Amerika ilmiy-fantastik animatsion televizion seriali. Yaratuvchisi Justin Roiland va Dan Harmon boʻlib, Cartoon Network telekanalining Adult Swim turkumida namoyish etilgan.

Serial premyerasi 2013-yilning dekabr oyida roʻy bergan; ikkinchi mavsum esa 2015-yilda ekran yuzini koʻrgan. 2017-yilning 1-oktabrida esa uchinchi mavsum yakunlanib, 2018-yil may oyida yana nomaʼlum mavsumlarga mos 70 epizod chiqishi haqida xabar qilingan. 2019-yil may oyida toʻrtinchi mavsum namoyish etilishi haqida eʼlon qilindi.

Ilk besh epizod noyabr-dekabr oylarida chiqqan boʻlsa, qolgan qismlari biroz tanaffusdan soʻng, 2020-yilning 3—31-mayda namoyish etildi. Shuningdek, serialning beshinchi mavsumi (aniq muddatsiz) chiqishi toʻgʻrisida eʼlon qilindi. 2021-yilning 30-martida beshinchi mavsumning rasmiy treyleri muxlislar eʼtiboriga havola etildi va 2021-yilning 20-iyunida mavsum ekranlarga chiqishi sanasi eʼlon qilindi.

Serial surbet va telbanamo olim Rick Sanchez va uning sodda, injiq va oʻziga ishonmaydigan nevarasi Mortining sarguzashtlariga bagʻishlangan; serial muallifi Royland har ikki qahramonga oʻzi ovoz bergan. Kelajakka qaytib franshizasiga taqlidan shakllanib chiqqan animatsion serial kutilmaganda tanqidchilarning yuksak baholariga sazovor boʻldi – ular serialning oʻziga xosligi, kreativligi va hajviy jihatlarini alohida eʼtirof etadi.

Asosiy personajlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rick Sanchez (Justin Roiland tomonidan ovoz berilgan) — asosiy ikki qahramondan biri, daho va keksa olim, doim kekirib yuradigan piyanista. Skeptik, oʻta surbet, gapdon, egoist, lekin hazil qilishni juda yaxshi koʻradi. Ateist (baʼzi qismlarda xudoga iltijo qiladi, lekin har gal voqealarning moʻjizaviy kechishi ortidan yana barini omaddan deb hisoblaydi va uning mavjudligini inkor etadi). Qaroqchilardan juda qoʻrqadi. Daholigi ortidan butun Koinotda koʻplab dushmanlar orttirishga ham ulgurgan. Oʻz qizining oilasi – Smitlar xonadoniga koʻchib oʻtgan; shundan buyon barcha sarguzashtlarga nevarasi Morty bilan yoʻl oladi.
  • Morty Smith (Justin Roiland tomonidan ovoz berilgan) – ikkinchi asosiy qahramon, Rickning nevarasi, 14 yoshdagi bolakay (3-mavsumda 15 yoshda), oddiy oʻsmir. Bobosi bilan sarguzasht qilarkan, atrofda nimalar sodir boʻlayotganini toʻliq tushunib yetmaydi, lekin uddaburonligini koʻrsatib qoʻygan vaziyatlar ham boʻlgan. Jessicaga koʻngil qoʻyadi. Ona sayyorasi Yer aholisi "kronenberglashtirish" natijasida qirilib bitgach, Rick bilan oʻzlarining omadsiz tajribada halok boʻlgan boshqa talqinlari oʻlchamiga oʻtib olgan.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rick and Morty co-creator Justin Roiland F*** the union (Retrieved from CartoonBrew.com 23-mart 2018-yil)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]