Kontent qismiga oʻtish

Richard Klayderman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Klayderman
Richard Clayderman.jpg
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Philippe Pagès
28 Dekabr, 1953 (70 yosh)
[[ Parij, Fransiya]]
Fuqaroligi Fransiya
Janr Romantika
Veb-sayt http://www.clayderman.co.uk/

Richard Klayderman (fransuzcha talaffuzi: ​[ʁiʃaʁ klɛidɛʁman] (28 dekabr, 1953-yil. Parij)[1] — kino soundtracklari, etnik va klassik musiqa asarlarini qayta tashkil etgan hamda Paul de Senneville, Olivier Toussaint va Marc Minier kabi kompozitsiyalar yaratgan fransuz pianisti.

Asl ismi Philippe Pagès boʻlgan pianist, Fransiyadan tashqarida haqiqiy ismini notoʻgʻri talaffuz qilmasliklari uchun katta buvisining familiyasini oʻzlashtirgan.

Bolalik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klayderman pionino chalishni oʻz otasi va akardion darslari ustozidan oʻrganadi.

U oʻn ikki yoshida Parij konservatoriyasiga qabul qilingan[2] va oʻsmirlik yillarini shu yerda oʻtkazgan.

Otasining kasalligi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar Klaydermanning klassik pianist sifatidagi karyerasiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi[1]. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish uchun u bank xodimi va turli zamonaviy guruhlarda qoʻshiqchi boʻlib ishlagan.

Shu yillar davomida Johnny Hallyday, Tierry Le Luron va Michel Sardou kabi fransuz sanʻatkorlari bilan birga ishlagan[2].

Klayderman 1300dan ortiq kuy yaratdi. Klassik va pop musiqa standartlarini birlashtirgan repertuari orqali yangi romantik uslubni kashf etdi[2]. 2006-yilga kelib, uning sotuvdagi musiqiy albomlari soni taxminan 70 millionga yetdi. 267ta oltin va 70ta platina uning nomi bilan qayd etildi. Klayderman Guinness rekordlar kitobi tomonidan „Dunyodagi eng muvaffaqiyatli pianist sifatida tan olingan[3].

Barcha qoʻshiqlar toʻplami

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomlari, 1977-2022-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Richard Klayderman (aka Ballade pour Adeline, 1977)
  • A Comme Amour/Les Fleurs Sauvages (1978)
  • Lettre à Ma Mère (1979)
  • Medley Concerto (1979)
  • Les Musiques de l'Amour (1980)
  • Rondo Pour un Tout Petit Enfant (1981)
  • Rojdestvo (1982)
  • Rivies No 2 (1982)
  • Couleur Tendresse (1982)
  • Les Rêves d'Amour (A Dream of Love, 1983)
  • Le Premier Chagrin d'Elsa (1983)
  • Italiya Mon Amour (1984)
  • The Music of Love (1984)
  • Cœur fragile (1984)
  • Concerto (with the Royal Philharmonic Orchestra, 1985)
  • Parisdan sevgi bilan (1985)
  • Les Sonates (Nikolas de Angelis bilan, 1985)
  • Hollywood and Broadway (1986)
  • Romantic (1986)
  • Eléana (1987)
  • Songs of Love (1987)
  • Deutsche Volkslieder (Schöneberger Sängerknaben, 1988)
  • Quel Gran Genio Del Mio Amico - Richard Clayderman Lucio Battisti (1988)
  • Romantic America (1988)
  • Zodiacal Symphony (1988)
  • Amour Pour Amour (Berdien Stenberg 1989 yil)
  • My Classic Collection (1990)

Mavjud albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • En Concert (1981)
  • A Pleyel (Nikolas de Angelis bilan, 1983)
  • Brasil Tour ’86 (Braziliya, 1986)
  • Concert under the stars (Yaponiya, 1983)
  1. 1,0 1,1 „Richard Clayderman“. Clayderman.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Bio" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 The Guinness Encyclopedia of Popular Music, First Colin Larkin: , Guinness Publishing, 1992 — 500 bet. ISBN 0-85112-939-0.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "LarkinGE" defined multiple times with different content
  3. „'Kenny G of the piano' is ready to woo“. Taipeitimes.com (2006-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.