Kontent qismiga oʻtish

Richard Ford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Ford

Ford in 2013
Tavalludi 16-fevral 1944-yil (1944-02-16) (80 yosh)
Ijod qilgan tillari American English va Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Michigan State University (BA)
University of California, Irvine (MFA)
Janr Literary fiction

Richard Ford 1944-yil 16-fevralda tug'ilgan - amerikalik romanchi va Qisqasi hikoyalar muallifi[1].

Fordning birinchi qisqa hikoyalar to'plami, Rock Springs, 1987-yilda nashr etilgan[2][3].

AQShda Ford 1996-yilda "Mustaqillik kuni" nomli romani uchun Pulitzer mukofoti sazovor bo'lgan. Ispaniyada Ford 2016-yil uchun Asturiya princesasi mukofoti sovrindori. 2018-yilda Ford Janubiy Koreyadan xalqaro adabiy Park Kyong-ni mukofoti sazovor bo'lgan.

Fordning "Vayldlife" romaniga 2018-yilda film suratga olingan, va 2023-yilda Ford Frank Bascombin hayotiga bag'ishlab beshinchi fiksiya asarini "Be Mine" deb nomlagan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ford Misisippi shtatining Jekson shahrida tug'ilgan. Parker Kansas shahridagi "Fultless Starch" kompaniyasining sayohatchi sotuvchisi bo'lib ishlagan. Onasi haqida Ford shunday degan: "O'zining orzu-ixtiyorlari, avvalo, otam bilan muhabbatga ega bo'lish va ikkinchi navbatda, ona bo'lish edi". Ford sakkiz yoshida otasi og'ir yurak xurujidan aziyat chekgan va Fordning otasi 1960-yilda ikkinchi yurak urushi tufayli vafot etgan[4].

Fordning buvisi temir yo'lda ishlagan. 19 yoshida, Ford kollejga o'qigan, Ford Misuri Tinch okeani poezd liniyasida lokomotiv muhandisining yordamchisi bo'lib ishlagan[5].

Ford Michigan davlat universiteti bakalavr diplomini olgan. Mehmonxona boshqaruvini o'rganish yo'nalishini tamomlagandan so'ng, ingliz tili fakultetiga o'qishga kirgan. Ford Michigan shtatining Flint shahrida o'rta maktabda o'qituvchi bo'lib ishlagan. Ford Qo'shma Shtatlar dengiz askarlari qo'shinida ishlagan, ammo Gepatit kasalligiga chalinganidan keyin u lavozimdan ozod qilingan. Universitetda Ford Kristina Hensley bilan uchrashgan va ular 1968-yilda turmush qurishgan[6].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ford 1976-yil Misisippi daryosidagi orolda yo'llari kesib o'tgan ikki o'tg'irlarning hikoyasini chop etgan, keyin 1981-yilda Ultimate Good Luck bilan romanini yozgan[7]. O'sha vaqtda Ford Viliams kolleji va Prinston universiteti o'qigan[6]. Ford Nyu-York "Inside Sports" jurnaliga bergan interviyusida Ford: "Men tushunib yetdim", dedi Ford, "men qila oladigan ishlarim va o'quvchilar bilan muvaffaqiyatli bo'ladigan narsalar o'rtasida keng bo'shliq borligini angladim. Men ikkita roman yozishga imkoniyatim borligini his qildim va ularning hech biri juda ko'p g'ayrat yaratmagan, shuning uchun ehtimol men haqiqiy ish topib, o'z hayotimni o'tkazishim kerak edi".

1982-yil jurnal tugatilgan va Sports Illustrated Fordni ishga olmagan, Fordning o'g'li vafot etganidan keyin chuqur qayg'uga botadi,lekin Ford bu bilan chekinmagan, "The Sportswriter" romanini yozishni davom ettirgan[8]. Fordning romanlari 1986-yilda beshta eng yaxshi kitoblaridan biri deb nomlangan va PEN/Faulkner Award for Fiction mukofatiga sazovar bo'lgan. Ford ushbu muvaffaqiyatni Rock Springs 1987-yil[9]. hikoyalar to'plami bilan davom ettirgan. Forning ushbu to'plami Montana deb nomlangan va asosan qisqa hikoyalarni o'z ichiga olgan to'plamdan iborat[10]..

Richard Ford sitting on a couch holding his fist up with a punched-in wall behind him.
Richard Ford, Oliver Mark tomonidan suratga olingan, Berlin 2002-yil

Ford ko'p yillar davomida Nyu-Orleansda, French Quarterda, Bourbon ko'chasida yashagan. Fordning xotini Kristina shahar rejalashtirish komissiyasining ijrochi direktori bo'lgan. Ford va uning rafiqasi bir muncha vaqt, Mayning Sharqiy Boothbay shahrida yashagan[11]. 2023-yilda Ford Montana shtatining Billings shahrida yashagan, u yerda uy sotib olgan[12]. Ford o'sha yillari Qo'shma Shtatlarda, o'qituvchilik faoliyatini davom ettirgan.

Ford 2005-yilda Bowdoin kollejida o'qituvchi bo'lib ishlagan. ammo uzoq vaqt o'qituvchi bo'lib ishlay olmagan[13]. 2008-yil davomida Ford Irlandiyaning Dublin shahridagi Triniti kollejidagi ingliz tili maktabi bilan Oscar Wilde markazi yordamchi professor bo'lib ishlagan[14]. 2010-yil 29-dekabrdan boshlab Ford 2011-yil kuzida Misisippi universiteti katta fan professori lavozimida ishlagan. 2012-yilning kuzida Ford Kolumbiya universitetining san'at maktabi Gumanitar fanlar va yozish professori bo'lib ish faoliyatini davom etirgan[15].

Yangi asr boshlanishida Ford yana bir hikoya to'plamini nashr etgan, A Multitude of Sins 2002-yil, undan keyin 2006-yilda Bascombe seriyasidagi uchinchi roman "The Lay Of The Land" va 2012-yil may oyida Kanada romanlarini nashr etgan[16].

2020-yilda Fordning "Sorry for Your Trouble" nomli qisqa hikoyalar to'plami nashr etilgan. Uning "Be Mine" nomli romani 2023-yil iyun oyida nashr etilgan va Fordning "Bascombe seriyasida" beshinchi va oxirgi kitobi bo'lgan[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sansom, Ian. „The heroic last stand of an all-American everyman“. The Telegraph (2023-yil 15-iyun).
  2. Lyons, Bonnie. „Richard Ford, The Art of Fiction No. 147“. Paris Review (1996-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
  3. „Love and Truth: Use With Caution“. archive.nytimes.com. New York Times (September 20, 1987), Sunday, Late City Final Edition; Section 7; Page 1, Column 3; Book Review Desk
  4. Barton, Laura. Guardian profile“. Guardian (2003-yil 8-fevral). Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  5. Ford, Richard. „A Boy Who Played with Trains“. New York Times (2013-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 Guagliardo 2001, p.xiii.
  7. Ford, Richard. A Piece of My Heart. Vintage, 1985-01-01. ISBN 9780394729145. OCLC 924573478. 
  8. Ford, Richard. The Sportswriter. Alfred A. Knopf, 1996-01-01. ISBN 9780679454519. OCLC 35049877. 
  9. Ford, Richard. Rock Springs : Stories. Atlantic Monthly Press, 1987. ISBN 9780871131591. OCLC 829387991. 
  10. Moore, Lorrie (October 16, 2014). „Canada Dry – The New Yorker“. The New Yorker. 2014-10-16da asl nusxadan arxivlandi.
  11. Mehegan, David. Boston Globe profile“. Boston.com (2006-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  12. „Richard Ford on 'The natural attrition of getting old'“ (2022-yil dekabr).
  13. „News of Bowdoin College appointment“. Bowdoin.edu (2004-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  14. „Oscar Wilde Centre: Trinity College Dublin, The University of Dublin, Ireland“. Tcd.ie (2010-yil 22-dekabr). 2011-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  15. „Richard Ford, Pulitzer Prize Winner, Joins Columbia Faculty | Columbia University School of the Arts“. Arts.columbia.edu. 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
  16. „Canada (novel)“. www.harpercollins.com.
  17. „Richard Ford Returns With a New Collection of Stories“. Columbia News (2023-yil 26-iyul).