Richard Dudley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Dudley
Tugʻilgan joyi 31-yanvar 1949-yil (1949-01-31) (75 yosh)
Toronto, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Buffalo Sabres
Cincinnati Stingers
Winnipeg Jets
Jamoalardagi faoliyat 1972—1981

Richard Clarence Dudley (talaffuzi: Richard Klarens Dadli) (1949-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik xokkey boʻyicha professional ijrochi, sobiq murabbiy va sobiq xokkeychi. Richard Dudley hozirda „Florida Panthers“ xokkey klubida katta maslahatchi boʻlib ishlamoqda. Richard Dudley ilgari „Tampa Bay Lightning“, „Chicago Blackhawks“, „Atlanta Thrashers“, „Toronto Maple Leafs“, „Montreal Canadiens“ va „Carolina Hurricanes“ kabi xokkey klublarida ijrochi lavozimida ishlagan. Richard Dudley, shuningdek , Milliy xokkey ligasi, Amerika xokkey ligasi va Xalqaro xokkey ligasida bosh murabbiy boʻlib faoliyat olib borgan. Richard Dudley Butunjahon xokkey assotsiatsiyasida va Milliy xokkey ligasida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torontoning Ontario shahrida tugʻilgan Richard Dudley oʻyinchilik faoliyatini 1972—1973-yillarda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Buffalo Sabresxokkey jamoasida boshlagan. Richard Dudley klub safida 1975—1976-yillardagi mavsumgacha oʻynagan. Shundan soʻng, Richard Dudley „Cincinnati Stingers“ xokkey klubi safida toʻrt mavsum oʻynagan. 1979-yil 4-fevralda „Cincinnati Stingers“ xokkey klubi Richard Dudleyni NHL vakili „Buffalo Sabres“ xokkey klubi aʼzosiga almashtirdi. Shundan keyin, Richard Dudley klub safida 1980—1981-yilgi mavsumgacha faoliyat olib bordi. Richard Dudley 1981—1982-yilgi mavsumni Amerika xokkey ligasidaFredericton Express“ xokkey jamoasi safida oʻtkazdi.

Richard Dudley Cincinnati xokkey shon-sharaf zali aʼzosi hisoblanadi. Richard Dudley, shuningdek, 1974-yilda Milliy Lakros ligasi vakili „Rochester Golden Griffins“ xokkey klubida oʻynagan. Richard Dudley bir vaqtlar „ To Tell the Truth (tarjimasi: Haqiqatni aytish)“ televizion oʻyin koʻrsatuvida ikkita sport turi bilan shugʻullanadigan professional sifatida ishtirok etgan. Mavsum boshida NHL pley-offi va mavsum oxirida „Buffalo Sabres“ xokkey klubining mashgʻulotlari tufayli oʻnlab oʻyinlarni oʻtkazib yuborganiga qaramay, Richard Dudley ligada gol urish boʻyicha oltinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng, Richard Dudley Cincinnatidagi oʻyin kunlaridan tanish boʻlgan Dave Guskyga qoʻngʻiroq qildi. Gusky Shimoliy Karolina shtatining Winston-Salem shahridagi „Winston-Salem Thunderbirds“ xokkey jamoasining egasi edi. Jamoa oʻzining birinchi mavsumida ancha yomon koʻrsatkichlar koʻrsatayotgan edi va Gusky pul yoʻqotib, yordamga muhtoj edi. Richard Dudley dastlab jamoani baholash uchun jamoada bir necha hafta qolishni rejalashtirgandi, lekin agar u jamoani tark etsa, jamoaning ahvoli yomon boʻlishini tushundi va u ketmaslikka qaror qildi. Richard Dudley doʻstiga jamoada qolishini va Gusky uchun franchayzingni sotishga harakat qilishni va agar bu ish bermasa, jamoani oʻzi sotib olishini taklif qildi. 1981-1982-yilgi mavsum oxirida Richard Dudley jamoani Guskydan taxminan 100 000 dollarga sotib oldi. Shundan soʻng, Richard Dudley jamoaning egasi, GM va murabbiyiga aylandi. Richard Dudley jamoa nomini „Winston-Salem Thunderbirds“dan „Carolina Thunderbirds“ nomiga oʻzgartirdi. Richard Dudley jamoa bilan muntazam shugʻullana boshladi va jamoaning koʻrsatkichlari yaxshilana boshladi. Shundan soʻng, „Carolina Thunderbirds“ xokkey jamoasi muntazam mavsumda 196-58-12 natijasiga ega boʻlib, ketma-ket toʻrtta ACHL muntazam chempionligini qoʻlga kiritdi. Richard Dudley murabbiyligi davrida jamoa ligada yetakchilik qildi. Richard Dudley jamoani uch marta ACHL chempioniga aylantirdi. Toʻrtinchi yil ichida yana bir final oʻyinida imkoniyatni boy berdi[1]. „Carolina Thunderbirds“ xokkey klubini tark etganidan song, Richard Dudley Xalqaro xokkey ligasi vakili „Flint Spirits“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻldi.

Richard Dudley, shuningdek, 1989—1990-yilgi mavsumda „Buffalo Sabres“ xokkey klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bundan oldin Richard Dudley Xalqaro xokkey ligasi (IHL) va Amerika xokkey ligasidagi (AHL) koʻpgina jamoalarga murabbiylik qildi. IHLda murabbiylik qilayotganda, 1988-yilda Richard Dudley Yilning eng yaxshi murabbiyi uchun Komissarlik kubogini qoʻlga kiritdi. Richard Dudley 1991—1992-yillarda ishdan boʻshatilgunga qadar „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga uch mavsum murabbiylik qildi. Keyin Richard Dudley keyingi toʻrt mavsumni IHLda uchta jamoaga murabbiylik qilib oʻtkazdi. 2003—2004-yilgi mavsumda Richard Dudley „Florida Panthers“ xokkey klubining yordamchi murabbiyi boʻlib faoliyat olib bordi.

Ijrochilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilning yozida Richard Dudley 1998—1999-yilgi mavsum uchun „Ottawa Senators“ xokkey klubining bosh menejeri lavozimiga ishga qabul qilindi. Shundan soʻng, Richard Dudley keyingi mavsumda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi safiga ishga qabul qilindi. Richard Dudley 2002-yil fevral oyida 'Tampa Bay Lightning" xokkey klubini tark etdi va oʻsha yilning may oyida „Florida Panthers“ bosh direktori lavozimini egalladi. Ikki yil oʻtgach, Richard Dudley „Florida Panthers“ xokkey klubini tark etdi. Shundan keyin, Richard Dudley „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga xokkey boʻyicha maslahatchi lavozimiga qabul qilindi. 2006-yilda Richard Dudley xokkey boʻyicha maslahatchi lavozimidan bosh direktor yordamchisi darajasiga koʻtarildi[2][3].

2009-yil 18-iyunda Richard Dudley „Chicago Blackhawks“ xokkey klubini tark etdi. Keyin Richard Dudley „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga GM yordamchisi sifatida qoʻshildi[4]. 2010-yil 14-aprelda Richard Dudley klub prezidenti bo‘lgan Don Waddell o‘rniga[5] bosh direktor etib tayinlandi. 2010-yilning 1-iyulida erkin agentlik boshlanganda, oʻzining yangi lavozimiga joylashib olganidan koʻp oʻtmay, Richard Dudley agressiv tarzda toʻrt nafar oʻyinchini, jumladan, Dustin Byfuglien, Andrew Ladd va yordamchi murabbiy John Torchettini 2010-yilgi Stanley kubogi chempioni „Chikago Blackhawks“ xokkey klubi safidan oʻz jamoasi safiga qoʻshib oldi. Richard Dudley 2011-yilda jamoani tark etib, „Winnipeg Jets“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Richard Dudley 2011-yil 24-iyun kuni „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining boshqaruv jamoasiga o‘yinchilar bo‘yicha direktor sifatida qo‘shildi. Bir yil oʻtgach, 2012-yil 25-mayda Richard Dudley „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bosh direktori yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Jamoaning bu harakatni eʼlon qilgan rasmiy press-relizida „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bosh direktori Marc Bergevin shunday dedi: „Richard Dudley xokkey boʻyicha juda bilimdon va malakali boshqaruvchi va biz uni tashkilotimizda bosh direktor yordamchisi lavozimida kutib olishdan mamnunmiz“[6]. 2014—2015-yilgi NHL mavsumi oldidan Richard Dudley „Montreal Canadiens“ xokkey klubi boshqaruv tarkibida xokkey operatsiyalari boʻyicha katta vitse-prezident lavozimiga tayinlandi.

2018-yil may oyida Richard Dudley „Carolina Hurricanes“ xokkey klubining boshqaruv jamoasiga xokkey operatsiyalari boʻyicha katta vitse-prezident sifatida qoʻshildi va yana bir bor Don Waddell bilan faoliyati kesishdi[7]. „Carolina Hurricanes“ xokkey klubidagi ikki mavsumdan soʻng, Richard Dudley 2020-yil 15-sentabrda „Florida Panthers“ xokkey jamoasiga bosh direktorning katta maslahatchisi sifatida ishga qabul qilindi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1968—1969 Dixie Beehives OHA-B
1968—1969 St. Catharines Black Hawks OHA 26 8 7 15 43 16 2 1 3 46
1969—1970 Iowa Stars CHL 26 3 3 6 36 11 0 3 3 4
1970—1971 Cleveland Barons AHL 16 1 0 1 2
1970—1971 Flint Generals IHL 15 1 5 6 30
1971—1972 Cincinnati Swords AHL 51 6 23 29 272 9 0 4 4 58
1972—1973 Cincinnati Swords AHL 64 40 44 84 159 15 7 15 22 56
1972—1973 Buffalo Sabres NHL 6 0 1 1 7
1973—1974 Buffalo Sabres NHL 67 13 13 26 71
1974—1975 Buffalo Sabres NHL 78 31 39 70 116 10 3 1 4 26
1975—1976 Cincinnati Stingers WHA 74 43 38 81 156
1976—1977 Cincinnati Stingers WHA 77 41 47 88 102 4 0 1 1 7
1977—1978 Cincinnati Stingers WHA 72 30 41 71 156
1978—1979 Cincinnati Stingers WHA 47 17 20 37 102
1978—1979 Buffalo Sabres NHL 24 5 6 11 2 3 1 1 2 2
1979—1980 Buffalo Sabres NHL 66 11 22 33 58
1980—1981 Buffalo Sabres NHL 38 10 13 23 10
1980—1981 Winnipeg Jets NHL 30 5 5 10 28
1981—1982 Fredericton Express AHL 7 1 3 4 30
WHA jami 270 131 146 277 516 4 0 1 1 7
NHL jami 309 75 99 174 292 25 7 2 9 69

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Muntazam mavsum Mavsumdan keyin
Oʻyin Gʻalaba Magʻlubiyat Durang Natija Gʻalaba Magʻlubiyat Gʻalaba % da Natija
1989—1990 80 45 27 8 2-oʻrin 2 4 . 333 Birinchi raundda magʻlub boʻldi
1990—1991 80 31 30 19 3-oʻrin 2 4 . 333 Birinchi raundda magʻlub boʻldi
1991—1992 28 9 15 4 3-oʻrin - - - (ishdan boʻshatilgan)
2003—2004 40 13 15 9 4-oʻrin - - - (yordamchi murabbiy roliga qaytdi)
Jami 228 98 87 40

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rick Dudley comes full circle in return to North Carolina“. The Athletic. Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
  2. Willis. „Leafs' Executive Rick Dudley Has Run Four NHL Teams – Should He Get A Fifth?“. Edmonton Journal. Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  3. „Rick Dudley named assistant general manager“. NHL.com. Montreal Canadiens. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  4. „Blackhawks assistant general manager Rick Dudley resigns after 3 seasons; joins Thrashers“. The Hockey News. The Canadian Press. Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  5. „Thrashers fire coaching staff | Atlanta Thrashers“. Blogs.ajc.com (2010-yil 14-aprel). 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  6. „Habs officially name Dudley assistant GM“. sportsnet.ca (2011-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  7. „Dudley Named Senior VP of Hockey Operations“. nhl.com (2018-yil 1-may). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  8. „Panthers Announce New Additions, Changes to Hockey Operations Staff“. nhl.com (2020-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Richard Dudley haqidagi maʼlumotlarni NHL.com,  Eliteprospects.com,  Hockey-Reference.com,  The Internet Hockey Database saytlaridan olishingiz mumkin
Oʻtmishdoshi:
Robbie Ftorek
New Haven Nighthawks klubi bosh murabbiyi
1988—1989
Vorisi:
Marcel Comeau
Oʻtmishdoshi:
Ted Sator
Buffalo Sabres klubi bosh murabbiyi
1989—1991
Vorisi:
John Muckler
Oʻtmishdoshi:
Don Waddell
San Diego Gulls klubi bosh murabbiyi
1992—1993
Vorisi:
Harold Snepsts
Oʻtmishdoshi:
Tim Bothwell
Phoenix Roadrunners klubi bosh murabbiyi
1994
Vorisi:
Rob Laird
Oʻtmishdoshi:
Detroit Vipers klubi bosh murabbiyi
1994—1996
Vorisi:
Steve Ludzik
Oʻtmishdoshi:
Pierre Gauthier
Ottawa Senators klubining bosh menejeri
1998—1999
Vorisi:
Marshall Johnston
Oʻtmishdoshi:
Jacques Demers
Tampa Bay Lightning klubining bosh menejeri
1999—2002
Vorisi:
Jay Feaster
Oʻtmishdoshi:
Chuck Fletcher
Florida Panthers klubining bosh menejeri
2002—2004
Vorisi:
Mike Keenan
Oʻtmishdoshi:
Mike Keenan
Florida Panthers klubining bosh murabbiyi
2003—2004
Vorisi:
John Torchetti
Oʻtmishdoshi:
Don Waddell
Atlanta Thrashers klubining bosh menejeri
2010—2011
Vorisi:
Kevin Cheveldayoff
(Winnipeg Jets)