Riccardo Saponara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riccardo Saponara
Saponara 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Riccardo Saponara
Tavallud sanasi 21-dekabr 1991-yil (1991-12-21) (32 yosh)
Tavallud joyi Forlì, Italiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fiorentina
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2004 Sammartinese
2004—2007 Sporting Forlì
2007—2009 Ravenna
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Ravenna 2 (0)
2009—2013 Empoli 84 (12)
2013—2015 Milan 8 (0)
2015—2018 Empoli 68 (14)
2017—2018Fiorentina (ijara) 29 (2)
2018— Fiorentina 31 (3)
2018—2019Sampdoria (ijara) 22 (2)
2019—2020Genoa (ijara) 4 (0)
2020—Lecce (ijara) 13 (2)
2021—Spezia (ijara) 9 (2)
Milliy terma jamoa
2009

Italiyaning 18 yoshgacha

bo'lgan o'smirlar terma jamoasi
3 (0)
2009

Italiyaning 19 yoshgacha

bo'lgan o'smirlar terma jamoasi
1 (0)
2011—2013

Italiyaning 21 yoshgacha

bo'lgan o'smirlar terma jamoasi
22 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-may uchun)

Riccardo Saponara (talaffuzi: Rikkardo Saponara) (1991-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Riccardo Saponara A Seriyaning vakili „Fiorentina“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravenna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riccardo Saponara oʻzining professional faoliyatini „Ravenna“ klubida boshlagan[1]. 2009-yilning yanvari oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan 700 000 yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasiga imzo chekdi[2]. 2010-yil iyun oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan yana 550 000 yevrolik shartnoma imzoladi[3].

Empoli va Milan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab qanotda oʻynagan Riccardo Saponarani „Empoli“ klubi bosh murabbiyi Maurizio Sarri B seriyaning 2012— 2013-yilgi mavsumida hujumchilar ortidagi markaziy oʻringa oʻtkazdi. Murabbiyning bu qarori oʻzinin oqladi,  chunki Riccardo Saponara klub uchun 40 ta oʻyinda 13 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U „Empoli“ klubini B Seriyaning pley-off finaliga olib chiqdi va finalda klub „Livorno“ klubiga imkoniyatni boy berdi.

2013-yilning yanvarida milanliklar „Empoli“ klubidan[4] 21 yoshli Riccardo Saponarani mavsum oxirigacha „Empoli“ klubida qolish sharti bilan sotib oldi. „Milan“ uning hamkorligi uchun 3,75 million yevro to‘lagan va 4+12 yillik shartnoma imzolagandi[5][6]. Riccardo Saponara 2013— 2014-yilgi mavsumda A Seriyaning yettita oʻyinida atigi 218 daqiqa oʻynadi va bironta ham gol urolmadi va assistentlik ham qila olmadi. 2014-yilning iyunida „Milan“ „Parma“ning yarmini atigi 1 million yevro evaziga sotib oldi[7].

"Empoli" klubiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 16-yanvarda Riccardo Saponara sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi asosida „Empoli“ klubiga qaytdi[8]. Riccardo Saponara klubga qaytganidan toʻrt kundan oʻtib Italiya kubogi doirasidagi „Roma“ — „Empoli“ (2:1 hisob) uchrashuvida maydonga tushdi. Shundan soʻng Riccardo Saponara „Empoli“ klubining „Udinese“ klubiga qarshi oʻyinida (1:2) ligaga qaytdi va penaltidan hisobni ochdi. Bu Riccardo Saponaraning A Seriyadagi birinchi goli edi. 2015-yilning 22-martida Riccardo Saponara o‘zining ilk dublini „Sassuolo“ga qarshi o‘yinda (3:1) kiritdi. 13-may kuni Riccardo Saponaraning shartnomasini „Empoli“ klubi 4 million yevroga sotib oldi[9].

Fiorentina[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 28-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi va ijara shartnomasi tugagach, uni sotib olish majburiyatini oldi[10].

"Sampdoria"ga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 17-avgustida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan bir yillik ijara asosida „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Shartnoma sotib olish opsiyasini oʻz ichiga olgan edi[11].

2018-yil 18-dekabr kuni Riccardo Saponara „Lazio“ klubiga qarshi o‘yinda gol urgandi[12].

"Genoa" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 7-avgustida Riccardo Saponara sotib olish opsiyasi bilan „Genoa“ klubiga ijara shartnomasi asosida[13].

"Lecce" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 22-yanvarida Riccardo Saponara „Genoa“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Lecce“ klubiga o‘tdi.

"Spezia" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 5-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Spezia“ klubiga oʻtdi.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Riccardo Saponara kreativ pleymeyker hisoblanadi. U qanotda (afzalroq oʻng qanotda) yoki mezzala rolida markaziy yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi[14][15]. Kuchli, tezkor va mehnatsevar o‘yinchi, yaxshi texnik qobiliyatga ega. Riccardo Saponara o‘zining dribling mahorati va to‘pda muvozanatni saqlashi, shuningdek, o‘zining qatʼiyatliligi, himoyadagi mustahkamligi, yakuniy pasni oʻz oʻrniga aniq yetkazib berishi va hujumda o‘z vaqtida harakat qilish qobiliyati bilan mashhur. Bu ham gol urish, ham gol urishga imkoniyat yaratish imkonini beradi. Uning oʻyin uslubi va B Seriyadagi faoliyati davomida va yoshligidagi dastlabki oʻyinlari vaqtida Riccardo Saponara oʻzining kumiri Kakaá bilan taqqoslangan[16][17][18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubuk Boshqalar Umumiy
Diviziya Ishtiroki Gollar soni Ishtiroki Gollar soni Ishtiroki Gollar soni Ishtiroki Gollar soni
Empoli 2010— 2011 B Seriya 18 0 0 0 0 0 18 0
2011— 2012 B Seriya 30 1 3 0 0 0 33 1
2012— 2013 B Seriya 40 13 0 0 0 0 40 13
Umumiy 88 14 3 0 0 0 91 14
Milan 2013— 2014 A Seriya 7 0 0 0 0 0 7 0
2014— 2015 A Seriya 1 0 0 0 0 0 1 0
Umumiy 8 0 0 0 0 0 8 0
Empoli 2014— 2015 A Seriya 17 7 1 0 0 0 18 7
2015— 2016 A Seriya 33 5 1 0 0 0 34 5
2016— 2017 A Seriya 18 2 1 0 0 0 19 2
Umumiy 68 14 3 0 0 0 71 14
Fiorentina (ijara) 2016— 2017 A Seriya 11 2 0 0 0 0 11 2
2017— 2018 A Seriya 18 0 2 0 0 0 20 0
Fiorentina 2020— 2021 A Seriya 2 0 1 0 0 0 3 0
2021— 2022 A Seriya 29 3 5 0 0 0 34 3
Umumiy 60 5 8 0 0 0 68 5
Sampdoria (ijara) 2018— 2019 A Seriya 22 2 2 0 0 0 24 2
Genoa (ijara) 2019— 2020 A Seriya 4 0 1 1 0 0 5 1
Lecce (ijara) 2019— 2020 A Seriya 13 2 0 0 0 0 13 2
Spezia (ijara) 2020— 2021 A Seriya 9 2 1 2 0 0 10 4
Umumiy 272 39 17 3 0 0 289 42

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Giancarlo Filiani, Talenti di origine lucana crescono, Terra di Basilicata, 4 June 2015“. 2018-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  2. Empoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2009 (italyancha), PDF purchased from Italian CCIAA
  3. Empoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2010 (italyancha), PDF purchased from Italian CCIAA
  4. „Galliani, arriva Saponara dall'Empoli; Milan: bivio Mesbah, se va c'è Zaccardo“ (it). La Gazzetta dello Sport (2013-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
  5. Empoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2013 (italyancha), PDF purchased from Italian CCIAA
  6. 2013 bilancio AC Milan (italyancha)
  7. Parma FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2014 (italyancha), PDF purchased from Italian CCIAA
  8. „Preso Riccardo Saponara“ (it). Empoli FC (2015-yil 16-yanvar). 2015-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
  9. „Addio Milan, l'Empoli riscatta Saponara“.
  10. „SAPONARA E' UN CALCIATORE DELLA FIORENTINA“ (it). it.violachannel.tv.
  11. „Riccardo Saponara signs on loan from Fiorentina - U.C. Sampdoria“ (en-US). U.C. Sampdoria (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  12. „Junak tekme ostal brez spodnjic in dobil prst v zadnjico“ (sl). Žurnal24 (2018-yil 10-dekabr).
  13. „UFFICIALE: Saponara è un nuovo calciatore del Genoa“. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  14. „Saponara a Forza Milan!: "Meglio da trequartista ma va bene anche l'esterno"“ (it). MilanNews.it. 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  15. „Saponara provato mezzala, lanci e colpi di qualità: Montella prova a rigenerarlo“ (it). Viola News (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  16. „Saponara-Milan nel nome di Kakà Ecco chi è il nuovo talento rossonero“ (it). La Gazzetta dello Sport (2013-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  17. „Generazione di Fenomeni - Riccardo Saponara, da scheggia dell'Empoli a 'top young' nel Milan... ricordando Kakà“ (it). Goal.com (2013-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  18. Kris Voakes. „'The Kaka of Serie B' - Introducing new AC Milan starlet Riccardo Saponara“. Goal.com (2013-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.