Ricardo Esgaio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ricardo Esgaio Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Ricardo de Sousa Esgaio

Tugʻilgan

16-may 1993-yil(29 yosh)

Nazare, Portugaliya

Fuqaroligi

Flag Portugalii Portugaliya

Boʻyi

171 cm

Vazni

66 kg

Pozitsiyasi

himoyachi,

yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Portugalii Sporting (Lissabon)

Raqami

47

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Ricardo de Sousa Esgaio (talaffuzi: Rikardo de Sousa Eshgayu) 1993-yil 16-mayda Portugaliyada tavallud topgan. Portugaliyalik futbolchi „Sporting“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ricardo de Sousa Esgaio „Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 7-dekabrda Yevropa ligasi doirasida Vengriyaning „Videoton“ jamoasiga qarshi o‘yinda u „Lissabon“ jamoasi safida debyut qildi[1]. 2013-yil 5-yanvarda „Pacos de Ferreira“ga qarshi oʻyinda Ricardo de Sousa Esgaio Sangrish ligasida debyut qildi[2].

2015-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Ricardo de Sousa Esgaio „Academica“ klubiga ijaraga oʻtdi. 1 fevral kuni „Maritimo“ga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qildi[3]. Ijara muddati tugagach, Ricardo de Sousa Esgaio „Sporting“ klubiga qaytdi.

2017-yilning yozida Ricardo de Sousa Esgaio „Braga“ga koʻchib oʻtdi. 9-avgust kuni poytaxtning „Benfica“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi[4]. 20-avgust kuni „Aves“ga qarshi kechgan bahsda Ricardo de Sousa Esgaio „Braga“ safidagi ilk golini urdi[5].

2021-yil 3-iyulda u „Sporting“ga qaytdi va 5 yillik shartnoma imzoladi[6].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Ricardo de Sousa Esgaio yoshlar terma jamoasi tarkibida Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shimoliy Koreya, Nigeriya va Gana terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9].

2016-yilda Ricardo de Sousa Esgaio Portugaliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Gonduras, Jazoir va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12][13].

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa Jamoa Mamlakat Mavsum
Portugaliya liga kubogi S. C. Braga Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2020
Portugaliya kubogi 2021
Portugaliya Superkubogi Sporting C. P. 2021
Portugaliya liga kubogi 2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Спортинг VS. Видеотон 2:1“ (en). soccerway.com (2012—12—07).
  2. „Спортинг VS. Пасуш де Феррейра 0:1“ (en). soccerway.com (2013—01—05).
  3. „Академика VS. Маритиму 1:1“ (en). soccerway.com (2015—02—01).
  4. „Бенфика Лиссабон VS. Брага 3:1“ (en). soccerway.com (2017—08—09).
  5. „Авиш VS. Брага 0:2“ (en). soccerway.com (2017—08—20).
  6. „Ricardo Esgaio está de volta ao Sporting“ (pt). Público (2021-yil 3-iyul). Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  7. „Португалия (до 21) VS. Северная Корея (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 24-iyun).
  8. „Португалия (до 21) VS. Гана (до 21) 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 3-iyul).
  9. „Нигерия (до 21) VS. Португалия (до 21) 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyun).
  10. „Португалия (до 23) VS. Аргентина (до 23) 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-avgust).
  11. „Гондурас (до 23) VS. Португалия (до 23) 1:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-avgust).
  12. „Алжир (до 23) VS. Португалия (до 23) 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-avgust).
  13. „Португалия (до 23) VS. Германия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-avgust).