Ribinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ribinsk (1946 yildan 1957 yilgacha Shcherbakov, 1984—89 yillarda Andropov) — Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi shahar (1777 yildan). Ribinsk stansiyasi. Ribinsk suv ombori yonida, Volga boʻyidagi port. Aholisi 243,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik (kemasozlik, motorsozlik, "Poligrafmash" ishlab chiqarish birlashmalari; dizel, optikamexanika, stanoksozlik, "Verxnevoljskkabel" va boshqa zavodlar); neft kimyosi korxonalari mavjud. Mebelyogʻochsozlik kombinati, gugurt fabrikasi va boshqa ishlab turibdi. Aviatsiya texnologiya instituti, 2 teatr, tarixiymeʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor. 1071 yildan Ust-Sheksna, 1504—1779 yillarda Ribnaya Sloboda nomlari bilan maʼlum. 18–19 asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ribinsk" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil