Revershon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Revershon — serhosil, oʻrtapishar gilos navi. Italiyadan keltirilgan. Daraxti siyrak shoxshabbali, kuchli usadi. Barglari yirik (uz. 14—19 sm, kengligi 8—10 sm). Apr.ning 2-yarmida gullaydi, guli oq. Mevasi may oyi oxiri — iyun boshlarida pishadi, yirik (oʻrtacha vazni 7,3 g), keng yuraksimon, rangi toʻq qizil, chiroyli. Eti zich, ochkizil, shirin, mazali. Tarkibida 21% quruq modda, 13,17% kand, 0,75% kislota, 13 mg% vitamin S bor. Danagi kattaroq, oʻrtacha vazni 0,34 g . R . qurgʻoqchilikka yuqori sovuqqa oʻrtacha chidamli, mahalliy ikdimga yaxshi moslashgan. Ekilganidan keyin 5yili hosilga kiradi. 10 yoshidan hosildorligi har tupdan 60– 65 kg ga yetadi. Zararkunandalardan deyarli zararlanmaydi, mevasi yangiligida yeyiladi, konserva qilinadi. 1967 yildan Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rnlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil