Retsidiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Retsidiv (lot. recidivus — qaytalanuvchi, takrorlanuvchi) (tibbiyotda) — biror kasallikka uchragan bemorda mazkur kasallikning kaytalanishi. Ich terlama, paratiflar, virusli gepatitlarda kuzatiladi. Bemor oʻzini yengilroq his qila boshlagan va kasallik alomatlari yoʻqola borayotgan davrda kasallik qaytadan avj ola boshlaydi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi. Yuqumli kasalliklarga nisbatan olinsa, pasaya boshlagan gavda haroratining qaytadan koʻtarilishi R. boshlanishining darakchisi hisoblanadi. Odatda, R. dastlabki kasallikdan ogʻirroq oʻtadi, chunki bemor betoblikdan soʻng hali kuchquvvatini toʻla tiklamagan boʻladi. R. alomatlari paydo boʻlishi bilan vrach bemor ahvoliga mos keladigan rejim tayin qiladi va qoʻshimcha doridarmon va muolajalar buyuradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil