Retranslyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Retranslyator (re... va lot. Translator — koʻchiruvchi) — radioaloqa (yoki telealoqa), kosmik aloqada oraliq punkt sifatida foydalaniladigan qurilma, sunʼiy muhit (Mas, sunʼiy yoʻldosh) yoki osmon jismi. Faol (aktiv) va suyet (passiv) xillarga boʻlinadi. Faol R. — radioaloqa liniyalarining oraliq punktlariga oʻrnatiladigan qabul qiluvchiuzatuvchi radiotexnik qurilma; qabul qilingan signallarni kuchaytirib uzatadi. Bunday R. antenna, radiopriyomnik, radiouzatkich, boshqarish qurilmasi va elektr manbaidan iborat. U maʼlum sondagi aloqa liniyalaridan iborat aloqa tarmogʻi uchungina xizmat qila oladi. Aloqa yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY), Mas, "Molniya1, 2, 3" (SSSR), "Telestar", "Intelsat" (AQSH) va boshqa

Sust R. — maʼlum shakldagi mexanik konstruksiya; sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan elektr oʻtkazuvchi muhit yoki samoviy jism; radiosignallar energiyasini sochadi yoki qaytaradi. Radioaloqa liniyalarida oralik, punkt sifatida ishlatiladi. R. har xil chastotali radiosignallarga moʻljallangan koʻp sondagi aloqa liniyalaridan tashkil topgan radiotarmoqqa xizmat qila oladi. Mas, aloqa YESY — "Exo" (AQSH), ionlashgan zarralar buluti, Oy yuzasi va boshqa [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil