Retikulendotelial sistema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Retikulendotelial sistema (makrofot sistema) — odam va umurtqali hayvonlar organizmidagi himoya xujayralari (biriktiruvchi toʻqimalar gistiotsitlari, kon monotsitlari, kapillyarlar endoteliysi, jigarning Kupfer hujayralari) majmui. Retikulendotelial sistema bakteriyalar va turli yot yoki toksik zarralarni qamrab oladi va hazm qiladi, yaʼni fagotsitoz xususiyatiga ega; kon yaratilishi va antitelolarning vujudga kelishida, shuningdek, moddalar almashinuvida qatnashadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil