Retif de la bretonn Nikola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

RETIF DE LA BRETONN (Retif de la Bretonne) Nikola (1734.22.11, Sasi — 1806.3.2, Parij) — fransuz adibi. J.J. Russonmsh izdoshi. Parij mehnat ahli toʻgʻrisidagi asarlari, ayniqsa, "Fanshettaning oyogʻi" (1769), "Buzilgan dehqon yoki shaharning xavfxatarlari" (1775) romanlarida jamiyatdagi ayollarning ahvoli, davlat muassasalarini qayta qurish, tarbiya masalalari koʻtarilgan. Davrning muhim muammolariga bagʻishlangan "Gʻalati gʻoyalar" kitoblar seriyasi (5 j.li, 1769—89), "Janob Nikola yoki fosh etilgan inson qalbi" (16 j.li, 1794—97) avtobiografik romanida fransuz xalqining 18-asr hayoti, urfodati tasvirlangan, psixologiyasi ochib berilgan. R.de la B. jahon adabiyotida sermahsul adiblardan biri sanaladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil