Respublika perinatal markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Respublika perinatal markazi (RPM) — ona qornida rivojlanayotgan homshsh va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam qoʻrsatadigan i.t. va davolash muassasasi. 2002 y. 1 iyunda Toshkent shahrida Xalqaro bolalarni himoya qilish quni munosabati bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Markaz Toshkent tib-biyot pediatriya instituti klinikasi hududida joylashgan, u tunu kun tartibida ishlaydi. Markazda homiladorlarga, tugʻ-ruq va chilla davridagi ayollarga yuqori malakali shoshilinch va rejali tibbiy xizmat koʻrsatiladi; respublikaning barcha viloyatlaridan chaqaloqlar, ayollar va bemorlar qabul qilinadi.

Markazda 9 klinik boʻlim: qabul boʻlimi, 2 ta akusherlik boʻlimi, shuningdek, homilani saqlab qolish, homiladorlarni tugʻruqqa tayyorlash. ginekologiya (artifitsial abort; jarrohlik usulida davolash; asoratlangan akusherlik anamnezi boʻlgan ayollar reabilitatsiyasi, bepushtlik), kattalar reanimatsiyasi va intensiv davolash (har xil etiologiyali oʻtkir gemodi-namik oʻzgarishlar; hayot uchun muhim aʼzo va sistemalar funksiyasining oʻtkir buzilishi; jarrohlikdan keyingi oʻtkir metabolik buzilishlar; shok va klinik oʻlimdan keyin tiklanish davri, ogʻir darajali preeklampsiya), chaqaloqlar patologiyasi (immunologik ziddiyat—konflikt; homila ichki gipotrofiyasi; moddalar almashinuvi patologiyasi; ogʻir tugʻma jarohat va asfiksiyadan soʻng). neonatal jarrohlik, chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash (yiringli septik kasalliklar rivojlanish nuqsonlarining murakkab shakli) kabi boʻlimlar. 125 oʻrinli kasalxona ishlab turibdi.

Hozirgi markazdagi ilmiy izlanishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ilm-fan va texnologiya markazi tomonidan tasdiqlangan grant mavzusi (yangi tugʻilgan chaqaloqlar rivojlanishining uzoq muddatli prognozi va uning buzilishlarini oldini olish; homiladorlarda gepatoz holatlari; chaqaloqlar miyasining gipoksiya natijasida buzilishlari; siydik pufagining tugʻma anomaliyalari; tuxumdon epitelial kistomasida ayollarning immunologik statusi; homi-ladorlarda fetoplatsentar yetishmovchilik) asosida olib boriladi.

RPMda 300 ga yaqin tibbiyot xodimi xizmat qiladi (2005). Markaz Tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti stu-dentlari, magistrlari va klinik ordinatorlari uchun tayyorlov hamda respublika neonatolog (yangi tugʻilgan chaqaloq vrachlari)lari uchun asosiy ilmiy oʻquv markazi hisoblanadi. Markaz ilmiy toʻplam, monogra-fiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.