Respublika mulki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlari, respublika byudjetining mablagʻlari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar oʻquv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intelektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning oʻzga mablagʻlari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan boʻlsa, boshqa mol-mulk respublika mulki boʻlishi mumkin.