Resifi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Resifi, Pernambuku — Braziliyadagi shahar, Jan. Amerikaning eng sharqiy chekkasida. Pernambuku shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Braziliyaning Atlantika okeani sohilidagi muhim porti (chetga shakar, tropik mevalar, paxta, teri xom ashyosi, yogʻoch chiqariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning shim.sharqidagi muhim iqtisodiy markaz. Oziq-ovqat (asosan, shakarqand, tamaki), toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, kimyo, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. Untlar, Filologiya akademiyasi, shtat muzeyi bor. Shaharga 1548 yilda balikchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Mustamlakachilik davriga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (monastir, qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Turizm markazlaridan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil