Repriza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Repriza (frans. repris — takrorlash, qayta ijro etish) — 1) sirk va estradada — komik adabiy yoki pantomima nomeri (baʼzan hazil; latifa); 2) ot sirkida muayyan vaqt davomida otning bir xil chopishi; 3) sirkning boshqa janrlarida R. deb bir necha marta ketmaket qaytariladigan tryuklar ataladi. Sirk sanʼatida R. termini 19-asrning 1-yarmidan boshlab yuritilgan. Oʻzbek masharaboz va qiziqchilari hamda sirk klounlari (K. Zarifov, A. Yusupov, N. Nurmatov, E. Parpiyev, O. Hakimov, G. Zastavnikov, P. Borovikov va boshqalar) repertuaridan R.lar keng oʻrin egallagan; 4) musiqada — mavzuning (uning rivoj bosqichidan keyin) yoki musiqa asari biron boʻlimining (boshqa boʻlimlaridan soʻng) takrorlanishi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil