Repetitsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Repetitsiya (lot. repetitio — qaytarish) — 1) teatr, estrada, sirk tomoshalari, konsert dasturlari, ayrim chiqishlar, sahnalarni (rej. rahbarligida) koʻp marta (butunlay yoki qisman) takrorlash orqali tayyorlashning asosiy shakli; 2) klavishli va boshqa musiqa asboblarida bir tovushning tez takrorlanishi; 3) fortepiano mexanizmi xususiyati, u bir tovushning oʻzini tez takrorlash imkoniyatiga ega; oddiy (sekundiga 6—8) va murakkab (sekundiga 12) zarbli R. qilish mumkin boʻlgan fortepianolar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil