Reperforator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reperforator (re... va lot. perforare — burgʻilash, teshiklar ochish) — telegraf apparatidan kelayotgan elektr signallarini qabul qilishda qogʻoz lentaga oʻsha signallarga mos ravishda avtomatik tarzda teshiklar ochib turadigan telegraf qurilmasi. R. lentada uni tortib turish uchun moʻljallangan teshiklarni ham ochib turadi. Teshiklar ochish bilan birga lentaga telegramma kodi belgilarini ham bosib turadigan R. ham bor. U telegrammaning manzilini oʻqishni osonlashtiradi. R. telegrammalarni kayta qabul qilishuzatish bilan shugʻullanuvchi telegraf st-yalarida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil