Repatriatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Repatriatsiya (lot. repatriatio — vatanga qaytish) — urush oqibatida vatanidan tashqariga chiqib qolgan harbiy asirlar va fuqarolarni, shuningdek, fuqarolik huquqi tiklangan muhojirlarni oʻz vataniga qaytarish. R. odatda, xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (Mas, harbiy asirlarni R. qilish). Shuningdek, shartnomadan tashqari asosda ham boʻlishi mumkin. Bu holda R. qilish imkoniyati manfaatdor davlat yoki davlatlar qonunlarida nazarda tutilgan boʻlishi kerak. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil