Reologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reologiya (yun. rheos — oqish, oqim va ... logiya) — moddalar (jismlar)ning oquvchanligi va deformatsiyalanishi bilan bogʻliq jarayonlarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. R. da turli qovushqoq, plastik materiallarning qaytmas qoldiq deformatsiyasi va oqishi bilan bogʻliq jarayonlar hamda siljish (elastiklikning keyingi taʼsiri va kuchlanish relaksatsiyasi) hodisalari koʻriladi. R. iborasini ilk bor amerikalik olim Yu. Bingam kiritgan va rasman 1929-yilda qabul qilingan. R. muammolari texnikada turli i.ch. jarayonlari texnologiyasini yaratishda, har xil materiallar (metall, polimer, grunt, beton, oziqovqat mahsulotlari va boshqalar)ga taallukli loyihalash va konstruktorlik hisoblash ishlari va boshqalarda kup uchraydi.

R.ning bir necha boʻlimlari mavjud. Nazariy R. (fenemologik R. yoki makroreologiya) ni tutash muhitlar mexanikaSining bir qismi deb karash mumkin. U gidromexanika va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi orasidagi oʻrinni egallaydi. R. jiyemga taʼsir etuvchi mexanik kuchlanishlar bilan ular hosil qilgan deformatsiyalar orasidagi munosabatlarni va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlaydi. Tutash muhitlar mexanikasidagi materiallarni bir jmneli va tutash, degan farazlarga binoan nazariy R.da qattiq, suyuq va boshqa jismlarning deformatsiyalanishi va oqishiga taallukli turli chegaraviy masalalar yechiladi. Materiallarning reologik holatini ifodalash uchun mexanik modellar tuzilib, ulardan polimerlarning mexanik xususiyatlarini, qattiq jismlardagi ichki ishqalanishni va real jismlarning boshqa xususiyatlarini oʻrganishda foydalaniladi. Eksperimental R. (reometriya) moddalarning turli reologik xususiyatlarini maxsus asboblar va sinash mashinalari yordamida urganadi. Mikroreologiya mikrohajmlar (Mas, dispers tizimlardagi dispers fazasi zarrachasi) dagi deformatsiya va oqish jarayonlarini urganadi.

Bioreologiya odam va hayvonlardagi har xil biologik suyuqlik (Mas, qon va boshqalar) ning oqishi, turli toʻqimalar (mushak, suyak, kon tomirlari) dagi deformatsiyalarni urganadi.

R. asosida I. Nyutonning qovushqoq suyuqliklar harakatiga qarshilik qonunlari, NavyeStoks, J. Maksvell, U. Tomson va boshqalarning tadqiqotlari yotadi. Bu fanning rivojlanishiga oʻzbek olimlari H. Rahmatullin, J. Fayzullayev (suyukliklar R.si), T. Rashidov, T. Shirinquyaov, Gʻ. Hojimetov (qattiq jism va gruntlar R.si) va boshqa hissa qoʻshishgan.

Gʻaibnazar Hojimetov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil