Renuka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Renuka yoki Konkana (Skt. Renuka, renu = "gul changi" soʻzidan) soʻnggi davrlar hind mifologiyasida shoh Prasenajit yoki Renuning qizi, brahman Jamadagni xotini va Vishnuning oltinchi tugʻilishi deb hisoblanucvchi Parashurama („bolta bilan Rama“)ning onasi[1].

Uning yettinchi manvantarada (saptarishi), yaʼni zamonaviy davrda yashagan yetti afsonaviy rishi (buyuk hind donishmandlari)dan biri boʻlgan turmush oʻrtogʻi haqida Mahabharata, Ramayana va Bhagavad Puranada hikoya qilinadi[2].

Oila tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamadagni rafiqasi bilan Gangga daryosidan uncha uzoq boʻlmagan joyda yashagan[3]. Renuka esa oʻzining muqaddasligi va pokligi uchun daryodan suvni hech qanday idishsiz, dumaloq shar shaklida olib yurishi mumkin edi,. Ammo, kun kelib bu ayol gunohga botib, oʻzidagi qimmatbaho qobiliyatni yoʻqotdi. Aniqrogʻi, samoviy qoʻshiqchilar va musiqachilar shohi, gandxarvalarning yarimxudolari Chitra-ratha va rafiqasining oʻzaro erkalashlarini tomosha qilgan Renukada nopok fikrlar paydo boʻldi. Bundan xabar topgan eri oʻgʻillariga oʻz onalarini oʻldirishni buyurdi. Uch katta oʻgʻil ota buyrugʻini bajarishdan bosh tortdi va otalarining qargʻishiga uchradi. Oqibatda ular jinni boʻlib qolishdi. Toʻrtinchi oʻgʻil Parashurama onaning boshini kesib tashladi. Jamadagni unga har xil yaxshiliklarni vaʼda qildi. Parasurama otasidan boshqa tilaklar qatorida onasini avvalgi pokligida va unga nima boʻlganini toʻliq bilmagan holda hayotga qaytarishini, shuningdek, akalariga aqllarini qaytarishni soʻradi. Bularning hammasini Jamadagni bajardi[4].

Renukani ilohiylashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonda xalq ilohasi Renukaga Yellama ilohasi ibodatxonasi barpo qilingan. Ushbu maʼbad Shri Renuka-devi deb ham ataladi. U mamlakat janubi-gʻarbidagi Karnataka shtatining Saundatti tumanida joylashgan.

Shimoliy Himachal-Pradesh shtatidagi eng katta koʻlning nomi ham Renuka deb ataladi. Shuningdek, ayni shtatda Renuka qadamjosi deb ataluvchi qoʻriqxona ham bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ренука // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
  2. Джамадагни // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
  3. Джамадагни // Энциклопедический лексикон: В 17 т. — СПб.: Тип. А. Плюшара, 1835—1841.
  4. Читра-ратха // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.