Rentgen rasadxonasi
Rentgen rasadxonasi — Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) sifatida orbitaga chiqarilgan apparatlar; kosmik yoritqichlarni ulardan chiqadigan rentgen nurlarda tekshirishga moʻljallangan. Quyosh va boshqa rentgen nur manbalarini tekshirishda qoʻllanadi. 1970-yildan boshlab turli davlatlarda bortiga Rentgen rasadxonasi oʻrnatilgan 10 dan ortiq YESY uchirilgan. Masalan, CAC, Skylab, XEAO, GOES (AQSH), Haqutyo, Yphkoh (Yaponiya), Astron (SSSR), SoHO (AQSH va Yevropa) tipidagi yoʻldoshlar.
Rentgen rasadxonasiga rentgen teleskoplar oʻrnatiladi. Bular osmon va Quyoshning barcha sohalarining rentgen suratlarini olib, Yerga uzatib turdi. Bu suratlarga asoslanib, kosmik rentgen manbalari (Galaktikada 100 ga yaqin, Magellan bulutlarida 30 dan ortiq va Andromeda tumanligida 10 dan ortiq) topildi va oʻrganildi. Quyosh atmosferasidagi rentgen tuzilmalar va jarayonlar magnit tabiatga ega ekanligi ochildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |