Rentabellik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning kiyosiy, yaʼni sarf-harajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy harajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida R.ni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shartsharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan haridorgir tovarlarni ishlab chikarish, i.ch.ni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejabtergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mexnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchixizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) R.ni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshkarib boriladi. Shu maqsadda R. monitoringa yuritiladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil