Relyativizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Relyativizm (lot. relativus — nisbiy) — bilimning nisbiyligi, shartliligi, subyektivligini eʼtirof etuvchi, mutlaq axloq meʼyorlari va qoidalarini inkor etuvchi falsafiy qarash. Bilishda koʻpincha agnostitsizmga olib boradi. R.ni birinchi marta yunon faylasufi, sofist Gorgiy (Horgiy) (mil. av. taxm, 483—375) bayon etib, barcha bilimlarning nisbiyligini taʼkidlagan. Relyativistlar bilimlarni uzluksiz davom etib va oʻzgarib borishini asos qilib olib, ularni haqiqiy emas deb isbotlamokchi boʻladilar, bu bilan bilimlarning obyektivligini umuman inkor etadilar. Bilimlarimiz voqelikni asosan toʻgʻri aks ettiradi, lekin birdaniga, toʻla aks ettirmaydigan nisbiy haqiqatlardan soʻng boyitilgan va konkretlashtirilgan bilim — obyektiv haqiqatning toʻla va tugal shakli boʻlgan mutlaq haqiqat tomon boradi. Mutlaq haqiqatni esa qotib qolgan, oʻzgarmaydigan bilim deb, nisbiy bilimni fakat nisbiy deb tushunmaslik lozim. Mutlaq haqiqatda nisbiy haqiqatning zarralari boʻladi. Masalan, fanda bir nazariya oʻrniga ikkinchisi kelganda, eskisi butunlay uloqtirib tashlanmaydi, undagi ijobiy, toʻgʻri tomonlari rivojlantiriladi. Ilmiy nazariyalarning almashinishi uzluksiz taraqqiyotining natijasi ekanligini bildiradi. Nisbiylik nazariyasitj R. bilan hech qanday aloqasi yoʻq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil