Reliktlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Reliktlar (lot. relictum — qoldiq) — qadimda keng tarqalib, keyinchalik qirilib bitgan flora va faunadan saqlanib qolgan oʻsimlik va hayvonlar turlari va boshqa taksonlari. Hamma paleoendemiklar (qarang Endemiklar) R. hisoblanadi. Birmuncha keng tarqalgan, lekin yaxlit arealga ega boʻlmagan R. ham bor (lola daraxti va boshqalar). R. qaysi geologik davr faunasi yoki florasidan saqlanib qolgan boʻlsa, oʻsha davr nomi bilan ataladi. Mas, uchlamchi davr R.i (ginkgo, sekvoyya, metasekvoyya, vizildoq qoʻngʻizlar turlari va boshqalar), muzlik R.i (pakana kayin), mezozoy R.i (dasht sfagnumi) va boshqa[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil