Rekvizitsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rekvizitsiya (lot. reguisitio — talab qilib olish, olib qoʻyish) — mulkni haq toʻlab majburiy ravishda davlat egaligiga toʻla yoki vaqtincha foydalanish uchun olish. Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan takdirda va favkulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishi mumkin (FK., 203modda). R. oʻtkazilishiga sabab boʻlgan vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin R. qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqdanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli. Qonunda chet el investorlari mulkiga nisbatan R. qoʻllash shartlari va tartibi ham aniq belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil