Rekuperator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rekuperator (lot. recuperator — qayta olinadigan) — gaz apparatlarida ish bajarib boʻlgan gazlar issiqligidan foydalaniladigan sirtqi issiklik almashinuv apparati. R.da issiklik eltuvchi (gaz)ning issiqligi ajratish devori orqali isitiladigan muhitga uzluksiz uzatiladi. R.ning toʻgʻri, teskari va aralash oqimli, yassi yoki silindrik sirtli (silliq yoki qovurgʻali), havoni, gazni, suyuqlikni isitkichlar, bugʻlatkichlar, kondensatorlar va boshqa xillari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil