Rekombinatsiya
Rekombinatsiya (re... va lot. combination — birikish) (genetika d a) — tirik organizmlarda genetik materialning nayedda qayta taqsimlanishi. R. natijasida evolyusion uzgarishlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kombinativ oʻzgaruvchanlik yuzaga chiqadi. R. barcha tirik organizmlar: viruslardan boshlab, yuksak usimliklar va hayvonlargacha xos boʻlgan universal biologik mexanizm hisoblanadi. R. eukariot organizmlarda jinsiy jarayon yordamida, prokariotlardakonʼyugatsiya, transformatsiya va traneduksiya, viruslarda qoʻshma infeksiya orqali sodir boʻladi. R. meyozt gomologik xromosomalarning ajralishi yoki DNK molekulalarining oʻzaro taʼsiri natijasida DNK bir qismining bir molekuladan ikkinchisiga oʻtishi orqali amalga oshiriladi. R. DNK molekulalari urtasida oʻzaro qismlar almashinuvidan (ritseprok R.) yoki molekula bir qismining boshqa molekulaga oʻtib qolishidan (ritseproq boʻlmagan R.) iborat. R. somatik va jinsiy hujayralarda kuzatiladi. Lekin mitozda R. tezligi meyozga nisbatan ancha past boʻladi. R.ning 3 tipi (umumiy, saytspetsifik, notoʻgʻri) uchraydi. Umumiy R., yaʼni krossingovervl DNKning gomologik ketmaketligi oʻrtasidagi almashinish butun genom boʻylab sodir buladi. Natijada komplementarlik asosida har xil rekombinativ DNK molekulalaridan ancha uzun (100 juftga yaqin nukleotidlardan iborat) gibrid molekula shakllanadi. Saytspetsifik R. genomning 10— 20 juft nukleotiddan iborat qatʼiy cheklangan qismlarida (Mas, profaglarning bakteriya genomiga koʻshilishida) sodir buladi. Noto'g'ri R. mexanizmi yaxshioʻrganilmagan. Notoʻgʻri R. nogomologik DNK molekulalarining uzaro taʼsiridan iborat bulib, translokatsiya, inversiya, deletsiya va boshqa jarayonlar bilan bogʻliq. R. orqali genlarning birikish guruhi aniqlanadi; genlarning joylashishini ifodalovchi genetik haritalar tuziladi; fenotipik koʻrinishining oʻxshashligi boʻyicha mutatsiyalarning allelligi koʻrsatiladi. Genetik injeneriya ham rekombinat (gibrid) DNK olishga asoslangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |