Reket

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Reket (ing . racket — qoʻrqitish, doʻq-poʻpisa) — tovlamachilik, qoʻrqitish, doʻqpoʻpisa, zoʻravonlik va boshqa yoʻllar bilan biror narsa undirish. Odamlarni garovga olish orqali, avtomobillarni oʻgʻirlab egalaridan katta pul talab qilish kabilar R.ga kiradi.

R. dastlab Italiyaning Sitsiliya orolida paydo boʻlib, soʻng butun Yevropa mamlakatlariga yoyiddi. AQShda zoʻravon tovlamachi gangsterlar R. deyilgan. Sobiq SSSR hududida 80-yillarning 2-yarmidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar, kooperativlar, xususiy korxonalar, birjalar, savdo uylari, tijorat doʻkonlari paydo boʻlishi bilan R. vujudga keddi. R. ogʻir jinoyatlar guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda unga qarshi keskin kurash olib borilishi natijasida R. bilan bogʻliq jinoyatlar ancha kamaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil