Rejodi-kalabriya
Qiyofa
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Rejodi-kalabriya — Italiyaning janubiy qismidagi shahar. RejodiKalabriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi – 179,4 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Messina boʻgʻozi sohilidagi port. Messina sh. (Sitsiliya o.)ga temir yoʻl paromi qatnaydi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Vagonsozlik korxonalari mavjud. Sitrus essensiyalari, xushboʻy moylar ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Universitet, geofizika rasadxonasi, milliy muzey bor. Shaharga mil. av. 720 yilda asos solingan. Yunonlar ibodatxonasi qoldiqlari (mil. av. IV asr) saqlangan. Turizm rivojlangan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |