Regional metamorfizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Regional metamorfizm — togʻ jinslarining yoʻnalgan (bir tomonga) va gidrostatik (har tomonga) bosim va trada boʻlgan chuqur transmagmatik eritma (flyuid)lar taʼsirida sodir boʻladigan oʻzgarishlari majmui. Regional metamorfizm katta regionlar doirasida togʻ jinslari strukturasi va mineral tarkibining burmali togʻlar hosil boʻlishi va orogenez bilan bogʻliq holdagi chuqur oʻzgarishlarda namoyon boʻladi. Togʻ jinslarining slanetsli va gneysli teksturasi bir tomonlama bosim bilan bogʻliq. Gidrostatik bosim chuqurlik bilan belgilanadi; bosimning ortishi bilan minerallar orasida metamorfik reaksiyalar vujudga keladi, natijada togʻ jinslarining hajmi kamayadi. Gidrostatik bosimiga qarab metamorfik jinslarning chuqurlik fatsiyalari harorati boʻyicha Regional metamorfizmning yuqori, oʻrtacha va past darajasi farqlanadi. Regional metamorfizm mahsulotlari (amfibolitlar, gneyslar, migmatitlar) qad. qalqonlar va kristalli massivlarda yer yuzasiga chiqib qolgan. Katta chuqurliklarda Regional metamorfizm odatda, bir xil tarkibda boʻlib, yuzaroqda esa turlicha darajada boʻladi. Metamorfizm darajasi antiklinoriylar, granitgneysli gumbazlarda kamroq kuzatiladi (qarang Togʻ jinslari metamorfizmi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil