Kontent qismiga oʻtish

Reflektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reflektor (lot. refl ecto — bukaman, qaytaraman) — 1) yorugʻlik, tovush, issik/shk toʻlqinlari, gidrostatik, elektromagnit energiya oqimlari yoʻnalishi va jadalligini, shuningdek, qayishqoqlik xossasiga ega bulgan kattik, jismlar harakati yunalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan qaytargich qurilma; R.ning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha koʻzgudan iborat. Toʻlqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun R. sirti botik, (sferik, paraboloidal va boshqalar) boʻlishi lozim. R. akustika, radiotexnika (antenna), uyroʻzgʻorda ishlatiladi; 2) astronomiya da — koʻzguli obyektiv bilan jixrzlangan teleskop. R.da tasvir okulyar orqali kuzatiladi, boshqa yorugʻlik qabul qiluvchi qurilma bilan suratga olinadi yoki qayd qilinadi. R.da asosiy koʻzgudan tashqari abberatsiya hodisasini kamaytiradigan qoʻshimcha koʻzgu yoki linza ham boʻlishi mumkin. R.da yulduzlar, sayyoralar, Quyosh va boshqalarning tasviri asosiy botiq koʻzguda va qoʻshimcha qavariq yoki yassi koʻzgularda hosil boʻladi. R.ning Nyuton, Kassegren, Gregori va boshqa tizimli turlari bor (racmga k,.). Dunyodagi eng katta R. asosiy koʻzgusining diametri 6 m (Rossiya). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutidagi R. koʻzgusining diametri 1,5 m.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil