Referent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Referent (lotincha: referens — xabar qiluvchi, maʼlumot beruvchi) — 1) referat tayyorlovchi, uni oʻqib beruvchi, maʼlumot, xabar beruvchi shaxs 2) Muayyan masalalar yuzasidan axborot, maʼlumot, maslahat beruvchi masʼul shaxs Turli vazirlik, konsern, muassasa va h.k. da R. lavozimi boʻlib, uni egallab turgan shaxs muntazam tarzda sohaga oid maʼlumotlar toʻplab boradi hamda uni referat tarzida oʻz rahbariga taqdim etadi. Ayrim vazirliklarda vazir yordamchisi lavozimida ishlayotgan masʼul shaxs ham R. deb nomlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil