Redutsentlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Redutsentlar (lot. reducens — qaytayotgan, qayta tiklanayotgan), destruktorlar — ulik organik moddalar bilan oziqlanib, uni minerallashtiradigan (destruktor) organizmlar. R. organik moddalarni parchalab, produtsentlar oʻzlashtira oladigan oddiy anorganik birikmalargacha olib keladi. R.ga saprotrof bakteriyalar, zamburugʻlar va bir qancha hayvonlar (yomgʻir chuvalchanglari, saprotrof hasharotlar, oʻlimtikxoʻr hayvonlar) kiradi. Quruqlik ekosistemalarida organik qoldiklarning parchalanishida tuproq hayvonlari (yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari), bakteriyalar va zamburugʻlar katta ahamiyatga ega. R. yordamida oʻrmonlar tuprogʻida har yili hosil boʻladigan oʻsimlik qoldiklarining 90% ga yaqin qismi oʻzlashtiriladi. Suv ekosistemasida R. funksiyasini plankton hayvonlar bajaradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil