Reduktor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reduktor (lotincha: reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi. R. korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, R.lar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Mas, ikki pogʻonali R. bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan R. uzatmalar qutisi deb ataladi. R. avtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, va boshqalarda keng qoʻllaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xilda tutib turadigan qurilma. R.ning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. R. gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga oʻrnatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil