Reduksiya (tilshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reduksiya (tilshunoslikda) — tovush choʻzikligining qisqarishi yoki talaffuzning kuchsizlanishiga bogʻliq holda uning artikulyasion va akustik sifatlarining oʻzgarishi. Asosan, unlilar R.ga uchraydi, biroq undoshlar yoki murakkabroq tovush qoʻshilmalari (boʻgʻinlar, soʻzlar) R.si ham uchraydi. Masalan, boʻyin soʻziga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda, ikkinchi boʻgʻindagi i R.ga uchraydi, shu sababli aytilmaydi va yozilmaydi yoki necha soʻroq olmoshi oxirida a bir qator shevalarda qisqa i(ʼ) tarzida talaffuz etiladi: nechchʼ kabi. Miqdoriy R. (tovushning urgʻusizligi sababli uning choʻzikliligining qisqarishi) vasifatiy R. (choʻziklikning qisqarishi natijasida artikulyasiya sifatining oʻzgarishi) oʻzaro farqlanadi. R. oʻzbek va rus tillarida kuchli, yorqin namoyon boʻladi, fransuz tilida esa mavjud emas.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil