Redison sas xoutel tashkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"REDISON SAS XOUTEL TASHKENT" (ingl. — "Redison SAS Toshkent mehmonxonasi") — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahridagi Amir Temur koʻchasi ("Bodomzor" metro stansiyasi yoni)da 2003-yil bunyod etilgan (bosh meʼmori A.Toʻxtayev; "Aysel" firmasi). Mehmonxonada barcha qulayliklarga ega 110 xona mavjud: 85 ta "biz-nes-klass", 18 ta 2 oʻrinli yarim lyuks va 7 ta lyuks. 6 qavatli bino zamonaviy va tabiiy qurilish materiallaridan qurilgan, oʻziga xos badiiy meʼmoriy yechimga ega. Hovlisida favvora va suv havzasi mavjud. Mehmonxonada 50—400 oʻrinli 3 xil koʻrinishdagi konferensiya zali, "Bosfor" restorani va 3 ta ("Piano", "Akva" va kokteyl) bar, biz-nes-markaz, sogʻlomlashtirish markazi (sauna va ochiq basseyn bilan). koʻp funksiyali xoll, shuningdek, ofis va xizmat xonalari mavjud.